Boks. O‘zbekiston, Qozog‘iston va yana 2 ta davlat World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘ldi!

  • 4 noyabr, 2024, 17:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekiston boks federatsiyasi IBA’ni tark etib, yangi tuzilgan World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti ma’lum qildi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, Qozog‘iston, Gvatemala, Laos va O‘zbekiston boks federatsiyasi tashkilotning yangi a’zolari sifatida qabul qilindi. Shu tariqa tashkilotga a’zo bo‘lgan federatsiyalar soni 55 taga etdi.

“O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi etakchilarning qo‘shilishi xalqaro tashkilotning Osiyodagi o‘rnini sezilarli darajada oshirdi”, — deb yoziladi tashkilot xabarida.

Ma’lumot uchun, World Boxing 2023 yil aprel oyida IBA’ga muqobil sifatida va boksni Olimpiya harakatida saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. Tashkilot Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olinishiga erishish niyatida.  World Boxing tashkilotida niderlandiyalik Boris van der Vorst prezident hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!