Boks. O‘zbekiston jahon kubogida ishtirok etmaydi(mi?)

  • 24 iyun, 10:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkaziladigan boks bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekistonning erkaklar terma jamoasi ishtirok etmaydi. Bu haqda Qozog‘iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov ma’lum qildi.

Tecno

"O‘zbekiston terma jamoasi dastlab qatnashish uchun ro‘yxat taqdim etgan edi. Biroq oradan bir-ikki hafta o‘tib, musobaqaga kelmasligini bildirdi. Balki bu taktik jihat bilan bog‘liqdir. Asosiy raqobatchilarimizdan biri mazkur turnirga kelmasa ham, bu erda jahon chempionlari, Olimpiada sovrindorlari, g‘oliblari va Osiyo chempionlari ishtirok etadi. Menimcha, musobaqa darajasi juda yuqori bo‘ladi" — dedi bosh murabbiy.

Ma’lumot uchun, ushbu jahon kubogi 30 iyundan 7 iyulga qadar bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!