
Boks. Parij-2024 Olimpiadasida qatnashadigan bokschilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda jang qiladi
Bugun Qozog‘istonning Astana shahrida “Elorda kubogi”, ertaga esa Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov xotira turniri” start oladi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida yozilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi asosiy tarkib vakillarini Xabarovsk turniriga jalb qilgan. Jumladan, unda Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan erkaklar terma jamoamiz to‘liq tarkibda ishtirok etadi.
18 mayga qadar davom etadigan musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Serbiya, Ozarbayjon va Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan 150 nafar charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun jang qilishadi. To‘liq tarkib quyidagicha:
Erkaklar:
-48 kg: Avazjon Yo‘ldoshev
-54 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-67 kg: Ruslan Abdullaev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-71 kg: Iqboljon Xoldorov
-80 kg: To‘rabek Habibullaev
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
-50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg: Aziza Yoqubova
-66 kg: Dilfuza Bekova
-75 kg: Aziza Dayirbekova
Fikrlar