Bokschilarimizning finaldagi raqibilari bilan tanishing

  • 8 avgust, 2019, 14:15
  • 0
CHERY AUTO

Quvaytda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqada final janglari tashkil etiladi. Quvonarlisi, 14 ta vazn toifasining 12 tasida o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari oltin medal uchun jang qiladilar.

Quyida bokschilarimizning raqiblari bilan tanishasiz:

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov - Bekzat Ergeshov (Qirg‘iziston)

-37 kg: Hojiakbar Mahmudov - Aryan (Hindiston)

-40 kg: Farrux To‘laganov - Alisher Orazbaev (Turkmaniston)

-43 kg: Umidillo Abdurasulov - Dovlet Nurmuradov (Turkmaniston)

-46 kg: Boburbek Bobojonov - Lofranko Reymond (Filippin)

-49 kg: Lazizbek To‘lqinov - Vishvakarma Vinay (Hindiston)

-52 kg: Dalerjon Bozorov - Amangelli Maksutov (Qirg‘iziston)

-55 kg: Jahongir Narziev - Malik Preet (Hindiston)

-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - Singh Yashvardan (Hindiston)

-61 kg: Mirzob Nekboev - Viktor Litvinov (Qozog‘iston)

-64 kg: Shavkatjon Boltaev - Saini Gaurav (Hindiston)

-67 kg: Shahboz Hamidullaev - Batirxan Seitenov (Qozog‘iston)

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 dan so‘ng boshlanadi deya xabar bermoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!