
Bokschilarimizning Osiyo chempionatidagi dastlabki raqiblari aniq
Xabaringiz bor, ertaga Tailand poytaxtida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Bugun an’anaga ko‘ra, musobaqadan avval vazn o‘lchash jarayoni va qu’ra tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tabiiyki, ko‘plab muxlislar uchun qur’a natijalari qiziq. Unga ko‘ra, vakillarimiz musobaqani reyting pog‘onalariga qarab turli bosqichlardan boshlashadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarning qur’a natijalari esa quyidagicha:
- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – D.Xasebe (Yaponiya)
- 52 kg: Hasanboy Do‘smatov – T.Drugel (Butan)
- 56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – A.Alibekov (Qirg‘iziston) / N.Simfavong (Laos)
- 60 kg: Shukurjon Rahimov – K.Choe (KXDR)
- 64 kg: Shunqor Abdurasulov – K. Al-Ezire (Iroq)
- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov – B.Ganbatar (Mo‘g‘uliston)
- 75 kg: Isroil Madrimov – T. Vu (Vetnam)
- 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov – B. Yadav (Hindiston)
- 91 kg: Sanjar Tursunov – X. Xan (Xitoy) / S. Boboshev (Qirg‘iziston)
+ 91 kg: Bahodir Jalolov – X. Mu (Xitoy)
Fikrlar