
Bokschimiz Murodjon Ahmadaliev xalqimiz ishonchini oqlash niyatida
Xabaringiz bor, ikkinchi engil vazn (55,34 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan Murodjon Ahmadaliev to‘laqonli WBA chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilishi mumkin.
Mazkur kamarga hozirda amerikalik bokschi Daniel Roman egalik qilmoqda. O‘zimizning "Kaka" esa, WBA Intercontinental kamari sohibi bo‘lish bilan birga Romanning chempionlik kamariga rasmiy da’vogar ham hisoblanadi.
WBA tashkiloti 2 iyul kuni har ikki bokschining promouterlari o‘rtasida jang huquqiga egalik qilish bo‘yicha savdo o‘tkazadi. Agar bokschilarning jamoalari o‘zaro kelisha olmasa, u holda boshqa promouterlar uchun ochiq savdo e’lon qilinadi. Mabodo, kelisha olishsa, unda 2 iyul kuni chempionlik jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ladi.
Ushbu shov-shuvli voqeyliklar hukm surayotgan bir vaqtda, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev yurtdoshlarimizga o‘z dil so‘zlari bayon qilingan videomurojaat bilan chiqdi. Quyida, uni e’tiboringizga xavola etamiz.
Fikrlar