Bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan futbolchi jamoadan haydaldi

  • 26.01.2022 14:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiyaning “Xerakles” klubi yarim himoyachisi Ray Vlut ishtirokida sodir etilgan va yosh bolaning o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi tafsilotlari e’lon qilinganidani keyin klub o‘yinchi haydab yubordi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi 2021 yilning noyabr oyida sodir etilgan avarida mashinasini soatiga 203 kilometr tezlikda haydagan. Bundan tashqari, uning qonidagi alkogol miqdori normadan ikki baravar ko‘p bo‘lgani aniqlandi.

“Xerakles” voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Bizga endi ma’lum bo‘lishicha, Vlut  mashinani nihoyatda katta tezlikda haydagan va juda ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Har ikkisi ham qabul qilinmaydigan holat. Vlut avariyadan keyin bir necha oy davomida tezligi ruxsat etilgan soatiga 130 kilometrni tashkil etgani va o‘zi belgilangan normadan ortiq alkogol iste’mol qilmaganini ta’kidlab kelardi.

“Xerakles” tartibli ish beruvchi sifatida o‘z qarorlarini uning yolg‘on ma’lumotlari asosida chiqargan. Haqqoniy ma’lumotlarni avvalroq bilganimizda qarorlarimiz halok bo‘lgan bolaning oilasi manfaatiga qaratilgan va Vrut ancha oldin mashg‘ulotlardan chetlatilgan bo‘lardi.

Bu dunyoni tark etgan bolakayning oilasi bu halokatni boshdan o‘tkazgani uchun juda qattiq qayg‘udamiz. Klub tez orada bu oila bilan aloqaga chiqadi va ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz, - deb bayonot berdi ”Xerakles”  bosh direktori Rob Tussen.

Ma’lum bo‘lishicha, noxush voqea 2021 yilning 14 noyabr kuni Xofddorp shahri yaqinidagi trassada yuz bergan. 27 yoshli futbolchi katta tezlikda qarama-qarshi tomondagi mashinani urib yuborgan. Narigi mashinada ota-ona ikki farzandi bilan ketayotgan bo‘lgan. Ularning bari jarohat olgan. To‘rt yoshli bolakay olgan jarohatlari oqibatida kasalxonada jon taslim qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!