Boʻldi, Saloҳ “Liverpul”dan ketadi!

  • 03.03.2026 14:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”ning keyingi yillardagi muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynab kelgan to‘purar Muhammad Saloҳ katta ehtimol bilan kelasi yozda klubni tark etadi.

Misrlik hujumchi olida ikki ehtimoliy yo‘nalish borligi aytilmoqda.

Ikki oydan ortiq vaqt oldin Saloҳ asosiy tarkibga kiritilmaganidan norozi bo‘lib, g‘azab bilan intervyu bergan va bosh murabbiy Arne Slot bilan “munosabatlar qolmaganini” aytgan edi.

Afrika Millatlari kubogidan qaytgach, Saloҳ yana muntazam o‘ynay boshladi, ammo hozir u Premier-ligada golsiz seriyasiga barham bera olmayapti.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, yozda Saloҳning ketish ehtimoli ortib bormoqda. “Liverpul” uni 2027 yilda erkin agent sifatida yo‘qotishni istamaydi.

Saloҳ oldida Saudiya Arabistoni va AQSh varianti bor. Manbaga ko‘ra, 33 yoshli to‘purarning o‘zi ham “Liverpul”dagi faoliyati yakunga yaqinlashganini anglab turibdi va buyog‘iga imkon qadar mavsumni yuqori darajada tugatishi muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!