"Bolonya"ga qarshi faol harakatlari uchun Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?

  • 10 yanvar, 2021, 11:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" A Seriya navbatdagi turidan o‘rin olgan uchrashuvni o‘rtamiyona "Bolonya"ga qarshi o‘tkazdi. Turnir jadvalida o‘zidan yuqori pog‘onani egallab turgan raqibga qarshi dastlabki daqiqalardan yaxshi harakat qilgan genuyaliklar yakunda 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Tecno

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov 81-daqiqada zaxiraga olindi. Ungacha hamyurtimiz hisobni ochib bergan golda katta ishni bajardi. Uning o‘ng qanotdan uyushtirgan reydi natijasida jamoasi hisobda oldinga o‘tib oldi. Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScored.com" nashri hamyurtimizning faol harakatlarini 7,1 ball bilan baholadi.

Snimok

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!