Bonuchchi uchun "Manchester Siti" ham kurash boshladi

  • 30 iyun, 2019, 22:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi "Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 32 yoshli italiyalik futbolchi anchadan buyon “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiolaning qiziqishlariga sabab bo‘lib keladi. Ispaniyalik mutaxassis Bonuchchini bir necha bor o‘z intervyularida dunyoning eng zo‘r himoyachilaridan biri deb aytgan.

Bonuchchi "Manchester Siti" safidan ketgan Vensan Kompanining o‘rnini egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Bonuchchiga PSJ ham jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Bonuchchi o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 41ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!