"Bornmut" himoyachisi Italiyaga yo‘l olishi mumkin
"Yuventus" "Bornmut" himoyachisi Senesini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano maʼlum qildi.
Manba maʼlumotiga koʻra, turinliklar joriy transfer oynasida 28 yoshli himoyachini sotib olishni reja qilgan. Italiya grandi futbolchi uchun kurashda raqiblarini ortda qoldirishga urinmoqda. "Yuventus"dan tashqari Markosga "Barselona" va "Atletiko" ham daʼvogarlik qilmoqda.
Argentinalik futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 22 million evroni tashkil etadi. Uning "olchalar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Eslatib oʻtamiz, Senesi 2022 yildan beri "Bornmut" safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 110 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi va 9 golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar