"Bornmut" vingeri uchun kurashga "Arsenal" ham qo‘shildi
"Bornmut" klubi vingeri Devid Bruks "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Tribal Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” ushbu transferni mavsumlar oralig‘ida amalga oshirishmoqchi. “Bornmut” rahbariyati esa 21 yoshli uelslik futbolchini 40 million evrodan kamiga sotmqchi emas.
Qayd etish lozimki, Bruks uchun shuningdek "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari ham kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, Bruks joriy mavsum “Bornmut” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamd 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar