"Borussiya D" Bellingemning ukasini sotib olishni ko‘zlamoqda

  • 16 may, 2024, 20:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2020 yilning yozida "Borussiya D" Jud Bellingem bilan shartnoma imzoladi. Angliyalik futbolchi Dortmundda uch ajoyib mavsum o‘tkazdi, shundan so‘ng katta pul evaziga Madridning "Real" jamoasiga o‘tdi. Bellingem Ispaniyada ham porlamoqda va "Oltin to‘p"ga da’vogarlar qatorida.

Ayni paytda, "sariqlar" Jud Bellingemning ukasi bilan qiziqib qolgan. "Football Insider" nashri xabariga ko‘ra, dortmundliklar yozda Job Bellingem bilan shartnoma imzolamoqchi.

Job xuddi akasi kabi, futbolchilik faoliyatini Birmingemda boshlagan. 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi hozirda "Sanderlend"da o‘ynamoqda. "Transfermarkt" portali Jobni 9 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, kichik Bellingem Chempionshipning joriy mavsumida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!