"Borussiya D" hujumchisi La Liga klubiga ko‘chib o‘tdi

  • 13 iyun, 2019, 13:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Sosedad" klubi o‘zining rasmiy saytida "Borussiya" Dortmund forvardi Aleksandr Isakni sotib olganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra ispan klubi 19 yoshli shved futbolchisi uchun dortmundliklarga 6,5 mln evro to‘lagan. Futbolchining o‘zi esa Bundesliga grandi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Qayd etish lozimki, “Borussiya D” Isakni 2,5 yil muqaddam 8,6 mln evroga sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida dortmundliklar safida bor yo‘g‘i 13ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi. Orada Gollandiyaning “Villem II” klubida ijarada o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!