"Borussiya D" Xollandni qanchaga sotishni rejalashtirmoqda?
Dortmundning "Borussiya" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni sotib yuborishi mumkin.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, nemis grandi 20 yoshli futbolchining transferini 150 mln evroga baholamoqda. Unga "Real", "Chelsi", "Manchester Siti" va "Barselona" kabi grand klublar xaridor bo‘lmoqda.
Shartnomaga ko‘ra, Xolandning tovon puli 75 million evroni tashkil etadi. Ammo bu band 2022 yilning yozidan boshlab kuchga kiradi. Shu sababli, “Borussiya” rahbarlari Xolandni shu yoz istagan narxiga sotishi mumkin.
Xoland "Borussiya" Dortmund safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 31 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar