"Borussiya Dortmund" APLdan hujumchi olib kelmoqda
"The Athletic" nashrining xabar berishicha, Dortmundning "Borussiya" klubi "Vulverxempton" hujumchisi Fabiu Silva transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi uchun 22,5 million evro to‘lanadi. Shuningdek, 4 million evrolik bonus ham ko‘zda tutilgan.
Futbolchi Liga kubogida "Vest Xem"ga qarshi (3:2) o‘yindan so‘ng jamoadoshlari bilan xayrlashgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Fabiu Silva ijara asosida "Las-Palmas" safida to‘p surdi va La Liganda 24 uchrashuvda 10 ta gol urdi.
Fikrlar