"Borussiya" Dortmund bosh murabbiyi Vayglni PSJga qo‘yib yubormadi
Dortmundning “Borussiya” klubi joriy qishki transferlar davrida yarim himoyachisi Yulian Vayglni PSJga sotmaydigan bo‘ldi.
Gap shundaki, dortmundliklar ustozi Lyusen Favr jamoa rahbariyatidan Vayglni tarkibda saqlab qolishni so‘ragan. Shveytsariyalik mutaxassis agar Aksel Vittsel jarohat olsa, uning o‘rniga aynan Vayglni zaxira sifatida tarkibda olib qolmoqchi.
Eslati o‘tamiz, bundan avvalroq Vaygl etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani bois davralar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar