"Borussiya" Dortmund bosh murabbiysiz qoldi
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Edin Terzich o‘z lavozimidan ketdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ammo Terzich klubni tark etmadi. U jamoaning texnik direktori lavozimini egalladi. Dortmundliklar tez orada "Borussiya" Myunxengladbaxni boshqargan Marko Rouzni bosh murabbiy sifatida e’lon qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Terzich boshchiligidagi "Borussiya" yakunlangan mavsum Bundesligada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Terzich faoliyati davomida “Beshiktosh” va “Vest Xem” klublarida ham ishlagan.

Fikrlar