"Borussiya Dortmund" hujumchisi ikki grand klubga o‘tishi mumkin
"Borussiya Dortmund" vingeri Karim Adeyemi boshqa klublar bilan aloqada.
"Football Italia" nashri "Bild" gazetasiga tayanib xabar berishicha, Germaniya terma jamoasi futbolchisi mavsum oxirida Dortmund klubini tark etishni rejalashtirmoqda.
So‘nggi paytda Adeyemining manfaatlarini Jorje Mendesh ko‘rib chiqmoqda. Agent transfer borasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Manchester Yunayted" va "Inter" bilan muloqot qilmoqda.
Shu mavsumda 23 yoshli futbolchi Bundesligada 10 ta o‘yin o‘tkazdi va 2 ta gol kiritdi.
Fikrlar