“Borussiya” grandlar kutayotgan Xoland bo‘yicha so‘nggi qarorini e’lon qildi
“Borussiya” hujumchisi Erling Xoland bugungi kunda barcha grandlar klublarning orzusidagi futbolchiga aylangan. 20 yoshli norvegiyalik o‘zi ishtirok etayotgan har qanday musobaqada deyarli har bir uchrashuvda gol urmoqda.
O‘z navbatida, dortmundliklar ham jamoa etakchisiga aylanib qolgan Xolandga bo‘layotgan chorlovlarga munosabat bildirdi.
- Men bunaqa futbolchini hech qachon ko‘rmaganman. Butun Evropani qidirib chiqsak ham, Erlingga o‘xshagan hujumchi topa olmaymiz. Agar u tarkibimizni tark etishga qaror qilsa, mohg‘ir to‘purarni qo‘lga kiritishga bir necha katta klublar qodir bo‘ladi xolos. Sport printsiplaridan kelib chiqib, biz uni imkon qadar uzoq muddat Dortmundda olib qolishga harakat qilamiz, - dedi “Borussiya” sport direktori Mixael Tsork.
Ma’lumotlarga qaraganda, Erling Xolandning shartnomasida uni 2022 yilning yozida 75 million evroga transfer qilish mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Biroq, yaqinlashib kelayotgan transfer davrida unga 100 million evro atrofida pul to‘lamoqchi bo‘lgan klublar bor.

Fikrlar