“Borussiya” ikki yulduz ketishini tasdiqladi
“Borussiya Dortmund” klubining sport ishlari boʻyicha direktori Lars Rikken yaqinda bergan intervyusida ikki futbolchi yozda jamoani tark etishini tasdiqladi. Uning aytishicha, Niklas Zyule va Salih Ozjan mavsum tugagach, klubdan ketadi.
Rikkenning so‘zlariga koʻra, bu qaror klub va futbolchilar oʻrtasidagi holatni hisobga olgan holda qabul qilingan. U ikki futbolchiga ham klubda oʻtkazgan vaqti va jamoaga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirgan.
Maʼlum qilinishicha, klub kelasi mavsum uchun tarkibni yangilashni rejalashtirmoqda va shu sababli ayrim oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Zyule va Ozjanga kelajak faoliyatida omad tilagan.
Hozircha futbolchilarning keyingi faoliyati qaerda davom etishi haqida rasmiy maʼlumot berilmagan. Mavsum tugagach, ular yangi jamoaga oʻtishi mumkin.
Fikrlar