“Borussiya” ishongan futbolchisidan ayrildi. Jarohat o‘ta og‘ir

  • 12.01.2021 13:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Borussiya”ning etakchi yarim himoyachisi Aksel Vitsel joriy mavsumda boshqa maydonga tusha olmaydi.

Dortmundliklarning rasmiy sayti “Leyptsig”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda 31 yoshli belgiyalik futbolchi chap oyog‘ida jiddiy jarohat olganini xabar qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu turdagi jarohatni davolash va undan tiklanish uchun uzoq muddat kerak bo‘ladi. Shu bois, Vitsel bu mavsumda jamoaga yordam bera olmaydi.

witcel-injury

Vitsel joriy chempionatda 15 uchrashuvda maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!