"Borussiya" Sanchoni qishda sotmaydi!

  • 14.10.2020 21:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati qishki transferlar davrida jamoaning angliyalik vingeri Jeydon Sanchoni sotmaydi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, nemis grandi etakchi futbolchisini mavsum o‘rtasida qo‘yib yubormoqchi emas. Shu bois, Sancho “Borussiya”da mavsum oxirigacha aniq qoladi.

Yozgi transferlar davrida Sanchoga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Ammo mankuniyaliklar uning transferi uchun talab qilingan 120 mln evro mablag‘ni to‘lashni xohlamadi.

20 yoshli Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!