"Borussiya" va "Manchester Yunayted" muzokaralarni boshladi

  • 02.01.2024 22:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli bo‘lgan Jeydon Sancho sobiq klubi "Borussiya"ga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda bir nechta nufuzli nashrlar. 

Manbalarning tak’idlashicha, tomonlar muzokaralarni boshladi. Nemislar uni yarim mavsumlik ijara asosida o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istaydi. Ammo so‘nggi qarorni MYu qabul qiladi. Shuningdek, Sanchoning o‘zi ham Germaniyaga qaytishini istamoqda. 

Ma’lumot uchun, Jeydon mavsum boshidan beri "Manchester Yunayted" tarkibida ko‘rinish berayotgani yo‘q. U jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan bo‘lgan voqealardan so‘ng umuman maydonga tushmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!