“Borussiya”da yangi yulduz porlaydi

  • 19.01.2021 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Jeydon Sancho bilan xayrlashishga tayyor. Ayni paytda dortmundliklar uning o‘rnini bosishga qodir bo‘lgan futbolchini ham topib qo‘ydi.

PSV va Niderlandiya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Doniell Malen yozda Bundesligaga ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nemislar bu futbolchi Sanchoning  yo‘qligini bildirmasligiga ishonmoqda.

Malen joriy mavsumda raqiblar darvozasini 9 marta aniq nishonga olib, jamoadoshlarini besh bor golli pas bilan ta’minladi. Malen aslida “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015 yilda “Arsenal”ga taklif qilingan bo‘lsa-da, Angliya futboliga moslasha olmasdan, ikki yildan so‘ng,  o‘z yurtiga qaytib ketgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!