"Borussiya"ga to‘purar hujumchi keladi

  • 31 avgust, 2023, 18:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Verder" to‘purari Niklas Fyullkrug faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubida davom ettiradi. Bu haqda Patrik Bergar xabar tarqatdi.

Tecno

Dortmundliklar uchun ushbu transfer bonuslar bilan hisoblaganda 15 million evroga tushadi. Transfer tez orada rasman e’lon qilinadi. 

Fyullkrug "Verder"ning o‘tgan mavsumdagi to‘purari hisoblanadi. Forvard 2022/23 yilgi mavsumda Bundesligada 28 ta bahsda maydonga tushib, 16 ta gol urgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!