Bo‘sh kelma, Husanov! Abduqodir “Barsa” va “Arsenal” yulduzlarini dog‘da qoldirdi!

  • 24 aprel, 16:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov qatorasiga beshta uchrashuvdan beri “Manchester Siti” tarkibida maydonda ko‘rinmayotgan bo‘lsa-da, uning nomi matbuot va manbalar sahifalaridan tushayotgani yo‘q.

Tecno

Keyingi paytda qator manbalar “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 21 yoshli o‘zbek futbolchisini jamoadan qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani, klub rahbariyati uni ijaraga oladigan yoki to‘liq transfer qiladigan xaridor qidirayotgani,  himoyachiga “Yuventus”, “Barselona”, “Tottenxem” kabi klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Ana shu xabarlar fonida Abduqodir Husanov muxlislarini xursand qiladigan, ko‘nglini ko‘taradigan yangilik ham e’lon qilindi.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.co.uk portali joriy mavsumda transfer summasi keskin ko‘tarilgan 21 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli himoyachilar reytingini e’lon qildi.

Qizig‘i shundaki, bu reytingda Abduqodir Husanov ikkinchi pog‘onani egalladi. Hamyurtimiz faqatgina “Barselona” vakili Pau Kubarsidan ortda qoldi. Ispaniyalik futbolchining narxi mavsum davomida 40 million evroga ko‘tarilib, ayni paytda 70 million evroni tashkil qilmoqda.

Bu mavsumni “Lans”da boshlab, yanvar oyida “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer summasi bir necha oy davomida 32,5 million evroga o‘sib, ayni paytda 35 million evroga etdi.

Ko‘plab grand klublar nishoniga tushgan “Bornmut” vakili Din Xyoysenning o‘sishi ham aksariyat mutaxassislar e’tiborini tortdi. 20 yoshli himoyachining narxi 32 million evroga qimmatlagan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Abduqodir Husanov va Pau Kubarsiga eta olmadi.

Narxi eng ko‘p qimmatlagan yosh himoyachilar reytingiga e’tibor qaratsak, Abduqodir Husanov “Arsenal”, “Barselona”, “Manchester Siti”, “Tottenxem”, “Yuventus”, “Fiorentina” va “Bornmut” kabi qudratli klublar vakillarini ortda qoldirdi.

21 yoshgacha bo‘lgan qimmatbaho o‘yinchilar kiritilgan reytingda “top-10” quyidagicha ko‘rinish oldi:

Pau Kubarsi (“Barselona”) - 70 million evro (+40 million);

Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”) - 35 million evro (+32,5 million);

Din Xyoysen (“Bornmut”) - 42 million evro (+32 million);

Vitor Reys (“Manchester Siti”) - 30 million evro (+30 million);

Maylz Luis-Skelli (“Arsenal”) - 28 million evro (+26 million);

Petro Komutstso (“Fiorentina”) - 25 million evro (+24,3 million);

Alexandro Balde (“Barselona”) - 60 million evro (+20 million);

Archi Grey (“Tottenxem”) - 35 million evro (+17 million);

Renatu Veyga (“Yuventus”) - 18 million evro (+15 million);

Milosh Kerkez (“Bornmut”) - 35 million evro (+15 million).

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Abduqodir Husanovni 20 yanvar kuni o‘z safiga qo‘shib oldi. “Shaharliklar” Frantsiyaning “Lans” klubiga o‘zbek futbolchisi uchun 40 million evro miqdorida badal puli to‘ladi.

“Manchester Siti” bilan 2029 yilning 30 iyunigacha shartnoma imzolagan Abduqodir Husanov yangi jamoasi safida Angliya Premer-ligasi, Angliya kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami 9 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.

“Manchester Siti” Husanovni “Barselona”ga transfer qilishga tayyor!

Shomurodov bir gol bilan “Roma”ning mavsum rekordini o‘rnatdi. Navbat tarixiy rekordga!

Shomurodov urgan golning qiymati baland bo‘lib chiqdi!

O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?

Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
24/04/2025 22:05
Bugun ikkinchi marta shu maqola chiqarildi