Asosiy mazmunga oʻtish

Bosh murabbiy 12 ta o‘yinga haydalishi kutilyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning tanqidi juda qattiq bo‘ldi

Ispaniyaning «Betis» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini «Barselona»ga qarshi o‘yindan so‘ng hakamlar haqida aytgan keskin tanqidiy gaplari bilan yana markazda turibdi.

Derbyderbyderby nashri yozishicha, hozirda AESAF hakamlar uyushmasi yig‘ilish o‘tkazmoqda. Unda Pellegrining bayonotlarini Qirollik Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF)ning Intizom qo‘mitasiga yuborish-yubormaslik masalasi muhokama qilinmoqda. Sabab – murabbiy hakamlarning halolligi va xolisligini shubha ostiga qo‘ygan.

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, reglamentning 106-moddasi asosida, «Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi bunday izohlari uchun 4 tadan 12 tagacha o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bundan tashqari, unga 601 evrodan 3005 evrogacha jarima solinishi ehtimoli bor.

Chilik mutaxassis uchun asosiy umid – avvalgi sud qarorlari. Ilgari Sport ma’muriy tribunali (TAD) ham, umumiy yurisdiktsiya sudlari ham shunga o‘xshash holatlarni ko‘rib chiqib, bunday bayonotlarni fikr bildirish erkinligi doirasida baholagan holda jazoni yengillashtirgan yoki bekor qilgan holatlar kuzatilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q