Bosh murabbiy bir daqiqada ikkita sariq kartochka olgan futbolchini “razbor”ga chaqirdi
Angliya Premer-ligasining 13-turida Londonning “Vest Xem” klubi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida mamlakatning amaldagi chempioni “Liverpul”dan 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning 83 va 84-daqiqalarida mezbonlar etakchisi Lukas Paketa hakam tomonidan ikki marta ogohlantirildi. Buning oqibatida maydonni erta tark etib, mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun kurashayotgan jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi.
O‘yindan kyin “Vest Xem” bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu braziliyalik futbolchining xatti-harakatlariga baho berdi.
- Uchrashuvda biz yorqin o‘ynagan daqiqalar ham bo‘ldi. Biz raqib jarima maydonchasi atrofida bo‘sh hududlar topa oldik, lekin hujumlarni samarali yakunlash istaganimizdek bo‘lmadi.
Men birinchi o‘rinda Lukas Paketa bilan gaplashib olib, nima bo‘lganini va vaziyatni muhokama qilib olmoqchiman.
Kamchilik bo‘lib qolganimizda ham jamoa xarakterini ko‘rsata oldi. Yigitlar biz uchun og‘ir o‘tgan kunda oxirigacha kurashdi, - dedi Nunu Eshpiritu Santu.
Fikrlar