Bosh murabbiy rahbarlar bilan kelisholmay qoldi

  • 08.09.2026 18:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Devid Moyes klub egalari bilan munosabatlari yomonlashgani sababli “Everton” bosh murabbiyi lavozimidan iste’foga chiqishi mumkin.

Moyes yozgi transfer oynasi davrida The Friedkin Group tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmaganini his qilmoqda. Devid yanvar oyiga qadar tarkibda atigi bitta hujumchi bilan qoldi va zahira o‘rindigini to‘ldirish uchun ham futbolchilarni zo‘rga topmoqda.

The Friedkin Group rahbari Den Fridkin klubni sotib olganidan beri “Everton”ning birorta ham uy uchrashuviga tashrif buyurmagan. Yaqinda esa klub egalari jamoaga sarmoya kiritishga unchalik qiziqmayotgani va tashqi investor qidirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Football Insider eksklyuziv materialida xabar berishicha, “Everton” ham Moyesga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti. Bu esa Devidning klubni o‘z xohishi bilan tark etishiga olib kelishi mumkin.

Moyesning ikkinchi faoliyati davrida “Everton” sezilarli darajada kuchaydi va Devid jamoani evrokuboklarga olib chiqishni maqsad qilgan edi. Biroq shotlandiyalik mutaxassis ketsa, jamoa yana Premier-ligada qolish uchun kurashish holatiga qaytish xavfi ostida qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!