Boshkovich birinchi marta Qosimovni mag‘lub qildi

  • 12 sentabr, 20:34
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 4:1 hisobida zafar quchdi. O‘yinda Lyupcho Doriev dubl qilgan bo‘lsa, Samandar Mavlonqulov va Shohruh Abduraxmonov bittadan gol urishdi. 

Tecno

Shu tariqa, Ivan Boshkovich murabbiylik faoliyati davomida birinchi marta Mirjalol Qosimovni mag‘lub qildi. O‘tgan 6 ta uchrashuvda Qosimov shogirdlari 5 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1 marotaba durang natija qayd etilgandi. 

"So‘g‘diyona" birinchi davradagi revanshni ham oldi. Olmalikdagi bahsda 3:2 hisobida OKMK "bo‘rilar"ni taslim qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!