Boshkovich jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida "Dinamo"ni taslim etdi

  • 11 oktabr, 20:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlaridan foydalanib Jizzaxda "So‘g‘diyona" va "Dinamo" o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdilar.

Tecno

"Dinamo" matbuot xizmatining yozishicha, bellashuv 3:2 hisobida "So‘g‘diyona"ning foydasiga hal bo‘lgan. 

Uchrashuvda Shoxrux Abdurahmonov hisobni ochgan bo‘lsa, bir daqiqa o‘tib Fraydey muvozanatni tikladi – 1:1.

15-daqiqada esa Akbar Abdurasulov samarqandliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, bo‘lim yakunida esa mezbonlar hisobni tenglashtirishdi – 2:2.

Ikkinchi bo‘limda esa qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. 53-daqiqada Jasur Jaloliddinovning goli mezbonlarga nazorat bahsida g‘alaba keltirdi - 3:2.

"Dinamo" jamoasi Superligadagi tanaffusdan foydalanib, navbatdagi o‘rtoqlik bahsini 13 oktyabr kuni Samarqandda «Mash’al»ga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini. 11 oktyabr
«So‘g‘diyona» - «Dinamo» - 3:2 
Gollar: Shohrux Abdurahmonov, 2. Islom Qobilov, 31. Jaloliddinov, 53  – Fraydey, 3. Akbar Abdurasulov, 15.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Akbar Abdurasulov, Oleksandr Kucherenko, Jaloliddin Jumaboev, Mahmud Mahammadjonov, Ratino, Dmitriy Pletnyov, Sanjar Qodirqulov, Xislat Xalilov, Fraydey, Behruz Obloqulov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!