Bosniya va Gertsegovina ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichiga yo‘l oldi
Bosniya va Gertsegovina milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqishni kafolatladi.
Bu natija Shotlandiya terma jamoasining Braziliyaga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin rasm an aniq bo‘ldi. Bosniya va Gertsegovina "B" guruhida 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Jahon chempionati nizomiga ko‘ra, har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni olgan eng yaxshi sakkizta terma jamoa pley-offga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, bosniyaliklar bundan avval faqat bir marta — 2014 yildgi mundialda ishtirok etgan va o‘shanda guruh bosqichidan chiqa olmagan edi.

Fikrlar