
Bo‘stonliqda boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘z yakuniga etdi
14 iyun kuni Bustonliq tumani Abay QFY "Abay" sport majmuasida sport ustasi Maxmud Anarqulov xotirasiga bag‘ishlangan 2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida boks buyicha III an’anaviy xalqaro turnir o‘z yakuniga etdi.
O‘z vazn toifalarida quyidagi yosh charm qo‘lqop ustalari g‘olib bo‘lishdi:
42 kg Abdullaev Muxammadjon (Qo‘qon), 44 kg Erkinov Nurlixan (YaK IBO‘SM, Bustonliq t.), 46 kg Karimov Isroil (YaK IBO‘SM, Yangiyul)
48 kg Suxrob Abdullaev (ChIOZMI), 50 kg Bobir To‘xtaboev (YaK IBO‘SM, Chirchiq)
52 kg Asilxan Anarboev (Yuqorichirchiq), 54 kg Bekjan Maxmudov (ChIOZMI), 57 kg Bekmirzo Miraxmedov (Qo‘qon), 60 kg Jenis Malik (Turkiston vil., Qozog‘iston), 63 kg Arnur Teleubek (Nur-Sultan sh., Qozog‘iston), 66 kg Nodirbek Masharipov (Xorazm)
70 kg Asadbek Sultonov (ChIOZMI), 75 kg Madiyar Alimbek (Nur-Sultan sh.), 80 kg Sarvarbek Sobirov (YaK IBUSM, Bustonliq), +80 kg Saloxiddin Toxirov(Quqon).
Fikrlar