Asosiy mazmunga oʻtish

Bo‘stonliqda milliy terma jamoa o‘quv-yig‘ini: Qosimjonov, Abdusattorov, Vohidov va Vityugov bir safda!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Mazkur o‘quv yig‘iniga yurtimizning etakchi grossmeysterlari – Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov faol ravishda jalb etilgan.

Joriy yilning, 14–22 noyabr kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Sherwood Resorts" oromgohida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari uchun navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quv yig‘iniga yurtimizning etakchi grossmeysterlari – Nodirbek Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov faol ravishda jalb etilgan. Ular Bosh murabbiy, sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov boshchiligida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shuningdek, terma jamoamiz tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida rossiyalik taniqli grossmeyster va murabbiy Nikita Vityugov ham mashg‘ulotlarga yordamchi sifatida taklif etilgan.

Bo‘stonliqning so‘lim tabiati, zamonaviy sharoitlarga ega "Sherwood Resorts" bazasi va yuqori malakali murabbiylar shtabi – bularning barchasi terma jamoamiz a’zolariga muhim startlar oldidan maksimal darajada sifatli tayyorgarlik ko‘rish imkonini bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q