Boxing day: “Tottenxem” safarda yirik hisobda g‘alabaga erishdi

  • 29 dekabr, 2016, 02:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha daqiqa avval Angliya Premer-ligasi 18-tur doirasidan o‘rin olgan, “Sautgempton” hamda “Tottenxem” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga yakun yasaldi. O‘yinda “shporlar” 1:4 hisobidagi irodali g‘alabani tantana qilishdi.

Tecno

Dastlab, mezbonlar uchrashuvning 2-daqiqasidayoq  Virjil Van Deyk tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Birinchi bo‘limning birinchi yarmiga kelib , aniqrog‘i o‘yinning 19-daqiqasida Delli Alli hisobni tenglashtirgan bo‘lsa , 52-daqiqaga kelib Xarri Keyn “Tottenxem”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 6 daqiqa o‘tgach uchrashuv bosh hakami mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi, ammo Xarri Keyn bu gal mo‘ljalda adashdi. Uchrashuv yakunlaniga qadar londonliklar 85-daqiqada Son Xen Min hamda 87-daqiqada Deli Allilar tomonidan kiritilgan gollar evaziga safardan yirik hisobdagi g‘alaba bilan qaytishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!