"Brayton" "Liverpul" uchun "bosh og‘riq" bo‘lyapti
"Brayton" 2020 yilning yozidan buyon "Liverpul"ga faqat bir marta yutqazgan.
Bugun klublar Premer-liganing 8-turida durang natija qayd etishdi - 2:2.
Oxirgi 8 o‘yinda "chayqalar" barcha turnirlarda mersisaydliklarni 3 marta mag‘lubiyatga uchratgan va yana to‘rt marta durang natija qayd etilgan. Yurgen Klopp jamoasining yagona g‘alabasi 2022 yilning 12 mart kuni Angliya Premer-ligasida qo‘lga kiritilgan.
Fikrlar