"Brayton" ustozi APLning fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

  • 9 mart, 2018, 16:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi musobaqaning o‘tgan fevral oyi lauriatlarini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra “Brayton” klubi ustozi Kris Xyuton o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Ma’lumot uchun, “Brayton” fevral oyida premer liganing 3ta bahsida ishtirok etgan va mag‘lubiyatga uchramagan. Aniqrog‘i, jamoa “Vest Xem” (3:1) va “Suonsi”dan (4:1) ustun kelgan bo‘lsa, “Stok Siti” (1:1) bilan durang natija qayd etgan.

Ma’lumot uchun, “Brayton” APLning o‘tgan 29ta tur yakunlariga ko‘ra 34 ochko bilan 10-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!