Asosiy mazmunga oʻtish

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi "JCh-2026" finalida o‘ynashga va’da berdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Dorival va’dasida turadimi?

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior katta gapirib qo‘ydi. Uning aytishicha, "pentakampeonlar" JCh-2026 finaliga chiqadi.

"Biz 2026 yilgi Mundial finalida o‘ynaymiz. Biz finalchi bo‘lishimizga shubham yo‘q. Xohlasangiz bu gaplarimni videoga muxrlab qo‘ying. Biz o‘sha erda bo‘lamiz. Ko‘rishguncha!", - dedi Dorival.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya yozda bo‘lib o‘tgan Kopa Amerika musobaqasining pley-off bosqichida Urugvayga mag‘lub bo‘lib turnirni tark etgan edi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q