Braziliyalik futbolchi Ukraina terma jamoasida o‘ynashi mumkin
Donetskning "Shaxtyor" klubi yarim himoyachisi Pedrinyo Ukraina fuqaroligini olmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Sergey Rebrov boshchiligidagi Ukraina terma jamoasi murabbiylar shtabi allaqachon 27 yoshli xavbek bilan aloqaga chiqqan va uni terma jamoada o‘ynashi mumkinligini muhokama qilgan. Shundan so‘ng futbolchi tomondagilar tez orada Pedrinyoning terma jamoaga chaqirilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni tezlashtirgan. Futbolchi 26 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Shvetsiyaga qarshi Jahon chempionati pley-off o‘yiniga chaqirilishi variantini ko‘rib chiqmoqda. Braziliyalik xavbekning Ukraina fuqaroligini qabul qilishi haqidagi gaplar 2022 yildan buyon davom etib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Pedrinyo 2021 yilda "Benfika"dan "Shaxtyor" safiga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar