Braziliyalik Mateus Kunyaga APLning 4 klubidan qiziqish bor
"Atletiko" hujumchisi Mateus Kunyaga APLdan qiziqish bor. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar berdi.
23 yoshli braziliyalikka "Arsenal", "Aston Villa", "Vulverxempton" va "Lids" klublaridan takliflar bo‘lmoqda. "Matraschilar" uni 30 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchining tovon puli 100 million evroni tashkil etadi. Mateusning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar