
Breaking! Gvardiola "Manchester Siti" bilan shartnomasini yangiladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu mavsum so‘nggida jamoani tark etishi kutilayotgandi. Ammo unday bo‘lmaydi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar shartnomani 2026 yilning yoziga qadar uzaytirishga kelishib olishgan. Shu bilan birga, bitimni yana bir yilga yangilash imkoniyati ham bor.
Ispaniyalik mutaxassis "shaharliklar"ni 2016 yilda qabul qilib olgan bo‘lsa, bir marta Chempionlar ligasi, 6 bor Premer-Liga, 3 marotaba Angliya superkubogi, Angliya liga kubogi va Angliya kuboklarini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola faoliyati davomida "Bavariya" bilan ham, "Barselona" bilan ham amaldagi shartnomasini uzaytirmagandi. "Manchester Siti"da esa murabbiy ikkinchi marta yangi bitimni qo‘l qo‘ymoqda.
Fikrlar