
"Brentford" futboldan 8 oyga chetlatilgan hujumchisining narxini 100 millionga baholadi!
"Brentford" hujumchisi Ayven Touni faoliyatini APLning boshqa jamoasida davom ettirishi kutilayotgan edi. Unga Londonning "Arsenal" jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Biroq klub rahbariyati hujumchining narxini 100 million etib belgiladi. Agar "Arsenal" Ayvenni sotib olishni istasa, shuncha pul to‘lashi talab etiladi. Biroq "to‘pchilar" mazkur summadan xabar topgach, qarorini o‘zgartirgan va Tounini sotib olish fikridan voz kechgan.
Eslatib o‘tamiz, Ayven noqonuniy pul tikish bo‘yicha 2023 yil may oyida futboldan 8 oyga chetlatilgan va 50 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortilgandi.
Fikrlar