Britaniyadagi qat’iy karantin e’lon qilindi. Endi APL ham to‘xtaydimi?

  • 05.01.2021 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Buyuk Britaniya hukumati COVID-19 sabab umummilliy qat’iy karantin (lokdaun) e’lon qildi. Bu mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonning xalqqa murojaatida ma’lum bo‘ldi.

The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu taqiq sport tadbirlari, xususan futbol musobaqalariga ta’sir qilmaydi. APL va yana 6 ta divizion karantin sabab mavsumni to‘xtatishi shart emas. Ammo Britaniyadagi barcha havaskor musobaqalar to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, premer-liga jamoalarida koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilmoqda va shu sababli ayrim o‘yinlar noma’lum muddatga qoldirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!