Brozovichni arablarga "berib qo‘ygan" "Barsa"ning rejalari o‘zgardi

  • 26 iyun, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" rahbariyati mavsumlar oralig‘ida jamoa tarkibini kuchaytira oladigan futbolchilarni qidirmoqda.

Tecno

Barca Universal nashri xabariga ko‘ra, Saudiyaning "An-Nasr" klubini tanlagan Marselo Brozovich bilan kelishuv buzilganidan so‘ng “ko‘k-anorranglilar” e’tiborini boshqa futbolchilarga qaratgan. Ayni damda "Vilyarreal"ning 34 yoshli yarim himoyachisi Dani Parexo va "Jirona"ning 31 yoshli yarim himoyachisi Oriol Romeu “Barselona”ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

So‘nggi mavsumda Parexo Ispaniya chempionatining 37 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Romeu esa 33 ta o‘yinda raqib darvozasiga ikki bor yo‘l topgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!