Brunu Fernandes sharmandali mag‘lubiyat sababini aytdi
«Manchester Yunayted» jamoasi sardori Brunu Fernandesh Angliya Premier-ligasi 1-turida «Hall Siti»ga qarshi o‘yinda (0:2) qayd etilgan mag‘lubiyat sabablarini sharhlab o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, jamoa o‘tgan mavsumdagi kamchiliklarni yana takrorlamoqda, ayniqsa safar uchrashuvlarida.
«O‘sha-o‘sha xatolar. Safar o‘yinlarida juda ko‘p to‘pni yo‘qotayapmiz.
Birinchi 20 daqiqa ichida to‘pga eng ko‘p tegingan futbolchimiz darvozabon bo‘ldi. Biz raqibni ko‘proq bosim ostida ushlashimiz, maydonda yanada hujumkorroq bo‘lishimiz kerak edi. Shuningdek, standart vaziyatlar ustida jiddiy ishlashimiz, bunday gollarga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim», — dedi Fernandesh.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa o‘yin oldidanoq «Hall Siti» uchun standart vaziyatlar muhim qurol bo‘lishini bilgan.
«Biz o‘yindan oldin ham bundan xabardor edik. Ular butun mavsumoldi tayyorgarlik davrida to‘rtta himoyachi bilan o‘ynashdi, lekin bizga qarshi beshta himoyachi bilan maydonga tushishdi. Shunday qilib, havodagi kurashda ustunlikka ega bo‘lishni va standart vaziyatlardan unumli foydalanishni istashdi.
Eng alamlisi, biz mag‘lub bo‘ldik», — deya ta’kidladi Fernandesh TNT Sport efirida.

Fikrlar