Brunu Fernandes APLda ketma-ket ikki mavsum 10 ta golga assistentlik qildi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premier-ligasida ikkinchi mavsum ketma-ket 10 ta golli pas chegarasini bosib o‘tdi.
Portugaliyalik futbolchi 23-tur doirasida "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (3:2) Patrik Dorguning goliga pas berdi. Joriy mavsumda Brunu Angliya Premier-ligasida 20 ta o‘yinda 10 ta golli uzatma muallifi bo‘lib, musobaqaning eng yaxshi assistenti hisoblanadi.
O‘tgan mavsumda Fernandesh ligada 36 ta uchrashuvda 10 ta assist qayd etgan edi. "Manchester Yunayted" safida Angliya Premier-ligasida ketma-ket ikki mavsumda kamida 10 tadan golli pas bergan so‘nggi futbolchi Ueyn Runi bo‘lgan. U bu natijaga 2012/13 va 2013/14 mavsumlarida erishgan.
Fikrlar