Asosiy mazmunga oʻtish

Brunu Fernandesh Maykl Kerrik haqida iliq fikr bildirdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Portugaliyalik futbolchi murabbiyning tarixini esladi

Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Kerrik &mdash men birga oʻynashni juda istagan futbolchilardan biri. Chunki u Sulsher bilan ishlagan paytda bir yil davomida biz bilan mashgʻulot oʻtkazgan. Baʼzida u oʻzi ham maydonga tushib, biz bilan birga shugʻullanardi. Uning chiziqlar orasiga bergan uzatmalari shunchaki ajoyib edi, raqib himoyasini yorib oʻtardi", &mdash dedi Fernandesh "TNT Sports" nashriga.

Kerrik 2006&ndash2018 yillar davomida "Manchester Yunayted" safida toʻp surgan. 2018&ndash2021 yillarda klub murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan va 2021 yilda jamoada vaqtincha bosh murabbiy vazifasini ham bajargan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q