Bu fitnaga o‘xshaydi. PSJ Mbappe bo‘yicha bayonot berdi

  • 25.10.2022 20:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning eng nufuzli nashrlaridan biri Le Parisien yozda PSJ va Kilian Mbappe o‘rtasida imzolangan uch yillik shartnomaga ko‘ra, klub 23 yoshli futbolchiga umumiy hisobda 630 million evro to‘lashini yozgandi.

Klub bu ma’lumotni inkor qildi.

- Poytaxt nashri tomonidan keng omma e’tiboriga havola etilgan o‘ynchlarimizdan birining taxmini tarixi haqidagi sensatsion maqolani ma’qullamaymiz.

 Ushbu maqola e’lon qilingan sana ham o‘ta shubhali. Maqola Chempionlar ligasining muhim uchrashuvidan bir necha soat oldin chiqarildi.

PSJ hech qanday qo‘shimcha bayonot bermaydi. Hamma bo‘lajak bahsga tayyorlanmoqda, - deyiladi klub bayonotida.

Parij klubi Chempionlar ligasining guruh bosqichi beshinchi turida Isroilning “Makkabi Xayfa” klubi bilan bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!