Bu futbolchi 11 yil davomida PSJ murabbiylari va rahbarlarini “chuv” tushirib keldi
Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Krist of Dyugarri PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattini keskin tanqid qildi.
- Endi Marko Verratti uchun hammasi tugadi. U 31 yoshga kirdi. Marko PSJda 11 yil o‘ynab, futbolchining faoliyati va hayoti nima ekanini, yuqori darajadagi professional qanday bo‘lishi kerakligini tushunib etgani yo‘q.
Men ham yaxshi futbolchi bo‘lganman, lekin ko‘p ahmoqlik qilardim. Verratti ham yaxshi o‘yinchi. U o‘z iqtidoridan kelib chiqib, ko‘pchilik uddalay olmagan o‘yin ko‘rsatganini tan olamiz. Lekin u eng zo‘ri emas.
Verratti 11 yoil davomida murabbiylar va rahbarlarni “chuv” tushirib, har ikki yilda shartnomasini uzaytirib keldi. Bunda murabbiy va rahbarlarning ham aybi bor, ular Markoga ishonib qolgan edi, - dedi Kristof Dyugarri.
2012 yildan beri PSJda o‘ynab kelayotgan Verrattining shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq, yangi bosh murabbiy Luis Enrike italiyalik futbolchini asosiy tarkibga kiritmayapti.
Fikrlar